Konte London derbisidan oldingi fikrlarini bildirdi
10 mar 2018 18:46
Yangiliklar
Konte London derbisidan oldingi fikrlarini bildirdi
"CHelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte APLning 30-turi doirasida "Kristal Pelas"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Qachonki jamoaning rivojlanayotgani haqida gapirsam, men faqatgina texnik va taktik ishlarni emas, o'yinning har xil holatlari haqida gapiraman. Rivojlanishning iloji bor, qachonki futbolchi o'z xatolarini tushunib, uni tuzatishga harakat qilsa, barchada o'sish kuzatiladi.
Xatolar orqali ko'p narsalarni o'rgansa bo'ladi. Agarda hech kim senga gapirmasa, demak sen nimanidir noto'g'ri bajaryapsan. SHu orqali barcha o'z xatolarini ko'rib, tushunib olishi mumkin.
"Manchester Siti"ga qarshi o'yinda "Barselona"dagiga qaraganda kamroq to'p bilan bo'ldik va vaziyatlardan foydalana olmadik. Raqibga qarshi yaxshi pressing qilishni o'rganish lozim, xuddi "Barselona"dagi kabi", - dedi Konte.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar