Konte: "Juda qiyin vaziyatda ham jamoada bo'lishni istardim, ammo bu boshqacha holat edi"
14 fev 2023 21:10
Yangiliklar
Konte: "Juda qiyin vaziyatda ham jamoada bo'lishni istardim, ammo bu boshqacha holat edi"
"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte o't pufagidan operaciya bo'lgani haqida gapirdi.
"Albatta, jamoamdan yiroqda bo'lish qiyin bo'ldi. Bunday paytda bor masuliyat bosh murabbiyga yuklanardi. O'zimda ham jamoam yonida bo'lish, har qanday holatda ham ular bilan yonma-yon turishni istagandim.
Biroq bu boshqa holat edi. Hozir esa o'zimni juda yaxshi his qilyapman. Ha, 100 foizga tayyor emasman, ammo tiklanish jarayoni yaxshi ketmoqda. Men uchun jamoada bo'lish, ayniqsa qiyin holatda ular bilan ishlash ayniqsa muhim", - dedi Konte.
Fikrlar