Konte: "Italiya terma jamoasi eshiklari barcha uchun ochiq"
01 apr 2015 11:10
Yangiliklar


Konte: "Italiya terma jamoasi eshiklari barcha uchun ochiq"
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi 1:1 hisobida yakunlangan Angliyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvidan keyin, "Liverpul" hujumchisi Mario Balotelliga imkon berishi haqida takidladi.
"CHet mamlakatda to'p tepadigan futbolchilarni kuzatyapman. Men "Sautgempton" va "Liverpul"ning o'yinlarini kuzatdim, ammo bu uchrashuvda faqat Pelle maydonga tushdi, Balotelli va Borini esa zaxirada qoldi.
Terma jamoa eshiklari barcha uchun ochiq, ammo ular qanday darajada o'ynash kerakligini bilishlari lozim. Bu gap Amerikaga yo'l olgan Jovinko va Osvaldoga ham tegishli" - deydi Konte.

Fikrlar