Konte: "Italiya chempionati saviyasi anchagina o'sdi"
15 sen 2019 15:15
Yangiliklar


Konte: "Italiya chempionati saviyasi anchagina o'sdi"
"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte A Seriyaning 3-turi doirasida "Udineze"ga qarshi o'yinda qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Har bir o'yinda jang qilishga to'g'ri kelmoqda. Yigitlar yaxshi o'ynashdi, o'yin qiyin bo'ldi, 3 ochko juda muhim edi. Jamoaning o'yinlarini kuchaytira olamiz. Biroq biz ura olmagan vaziyatlarni hisobga olsak, ko'proq gollar kirita olishimiz mumkin bo'lgandi. Endi biz qanday bo'lsak, shunday bo'lib qolamiz degan fikrdan yiroqlashishimiz kerak. A Seriyaning saviyasi anchagina o'sdi. Oldinda uzoq yo'l bor. Diqqatni yo'qotmaslik kerak", - dedi Konte.
Ushbu g'alabadan keyin "Inter" turnir jadvalida peshqadamlikni o'z qo'liga olgan bo'lsa, "Udineze" 14-o'ringa qadar tushib ketdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar