Konte: "CHLga chiqish – bu "Tottenxem" uchun hali boshlanishi"
12 iyu 2022 20:11
Yangiliklar
Konte: "CHLga chiqish – bu "Tottenxem" uchun hali boshlanishi"
Italiyalik mutaxassis jamoasi oldiga yuqori maqsadlarni qo'ymoqda.
"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte London klubida ishlashni davom ettirish istagini bildirdi.
"O'tgan mavsum oxirida klub rahbariyati bilan gaplashib olishim va ular to'g'ri qaror qabul qilishi men uchun juda muhim edi. Katta maqsadlarim bor. O'ylaymanki, o'tgan mavsum kuchli to'rtlikdan joy olganimiz biz uchun yaxshi yutuq, ammo bu hali boshlanishi", – dedi murabbiy "Football London" nashriga.
Oldinroq Kontening mashg'ulotlari og'ir yuklamalarga boy tarzda o'tgani uchun Son hushidan ketgani va ko'plab futbolchilar yomon ahvolga tushib qolgani haqida xabar bergandik.
Fikrlar