Konte "Chelsi"da qolishi mumkin, buning uchun...

Mirjalol Normatov
5 iyul 2018, 16:15
"Chelsi" yaqin vaqtlar ichida yangi mavsumda jamoani boshqaradigan mutaxassisni aniqlab olmoqchi.

Ayni damda londonliklar "Napoli"ning sobiq ustozi Mauricio Sarri bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Tomonlar og'zaki ravishda kelishuvga erishgan. Ammo "ko'klar" "Napoli"ga qancha mablag' to'lashni hal qila olmayapti.

Oldinroq "Chelsi" ikki kun ichida yangi bosh murabbiy nomini e'lon qilishi aytilayotgandi. Agarda shu muhlat ichida Sarrining "Chelsi"ga o'tish ishlari amalga oshmasa, Antonio Konte jamoada qoladi.

Sarrining "Napoli"dagi shartnomasiga ko'ra, uning tovon puli 8 mln evroga teng.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal