Konte: "Bugun haqiqiy "CHelsi"ni ko'rmoqchiman"
12 avg 2017 17:43
Yangiliklar
Konte: "Bugun haqiqiy "CHelsi"ni ko'rmoqchiman"
"CHelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte "Byornli"ga qarshi APLning ilk uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
Eden Azar, Pedro Rodriges va Temua Bakayokolar jarohat tufayli maydonga tusha olishmaydi.
"Kim shikastlanganligi muhim emas. O'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishimiz muhim. Agar yaxshi o'ynab, g'alaba qozonsak, hammasi joyida bo'ladi.
Bugun haqiqiy "CHelsi"ni ko'rmoqchiman. Mavsum boshlanmoqda va biz tayyor bo'lishimiz kerak. Hozir oson bo'lmaydi, ammo murabbiylar shtabi yoki futbolchilar uchun bahona qidirmoqchi emasman.
Maydonga tushib, kurashishimiz, bor tarkib bilan g'alaba qozonishga harakat qilishimiz kerak" - deydi Konte.
"CHelsi" - "Byornli" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar