Konte A Seriya chempionligini eng ko'p qo'lga kiritgan murabbiylar beshligiga kirdi
02 may 2021 23:30
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/635065_original.jpg)
![](/upload/storage/635065_220.jpg)
Konte A Seriya chempionligini eng ko'p qo'lga kiritgan murabbiylar beshligiga kirdi
Antonio Konte “Inter” bilan joriy mavsumdagi Skudettoni qo'lga kiritdi.
Bu Konte uchun Italiyadagi to'rtinchi mamlakat chempionligi bo'ldi. Avvalroq, 51 yoshli mutaxassis “Yuventus” bilan uchta titulga ega chiqqan.
A Seriya chempionligi bo'yicha undan oldinda Jovanni Trapattoni (7 ta), Massimiliano Allegri (6), Fabio Kapello (5) va Marchello Lippi (5) bor.
SHuningdek, italiyalik mutaxassis “Inter” va “Yuventus” ustozi sifatda Skudettoga ega chiqqan tarixdagi ikkinchi murabbiyga aylandi. Ushbu natijaga afsonaviy Jovanni Trappatoni birinchi bo'lib erishgan edi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar