So’nggi yangiliklar

02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  2 01:39Мактомини МЮдан кетганларнинг муваффақиятга эришаётгани ҳақида нималар деди?  0 00:46Артета Гекерешга баҳо берди  0 00:20"Ланс" Абдуқодир Ҳусанов бўйича "Манчестер Сити"га мурожаат қилган  6 23:53Гвардиола "Манчестер Сити"дан кетиши эҳтимоли ҳақида: "Мен умрбод бу ерда қола олмайман"  3 23:12Флик ҳозирча "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  1 22:55Аморим Фергюсоннинг гаплари ҳақида фикр билдирди  3 22:31"Қизилқум" 22 ёшли футболчиси билан шартномани узайтирди  0 22:11Марсело "Барселона"дан "Реал"га кимни олган бўларди?  5 21:59Пеп Гвардиола: "Ҳозир "Сити" АПЛ чемпионлиги учун курашадиган ҳолатда эмас"  2 21:37Тьерри Анри: "Арсенал" ушбу мавсумда чемпион бўлиши керак"  0 21:13Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр  22 20:59Алонсо "Реал"даги фаолиятини баҳолашни истамади  0 20:36Фергюсон МЮнинг соврин ютиши учун қанча вақт кетишини айтди  3

"Kontakt bor, u minimal..." - Davron Fayziev Angliya – Daniya bahsidagi penalti haqida Yangiliklar

"Kontakt bor, u minimal..." - Davron Fayziev Angliya – Daniya bahsidagi penalti haqida

O'FA matbuot xizmati boshlig'i, taniqli sharhlovchi Davron Fayziev Sterling bilan bog'liq muhokamali penalti borasida to'xtalib o'tdi.

Hamma Rahim Sterling yiqilgan vaziyatni muhokama qilmoqda. Men ham o'zimning SHAXSIY fikrimni bildirsam. Birinchidan, Angliya finalga munosib chiqdi, ustunlik bilan o'ynadi va ko'proq vaziyat yuzaga keltirdi, otasi kabi Daniyani finalga olib chiqmoqchi bo'lgan Kasper SHmeyxel mo'jizaviy qutqarishlar namoyish etib tashladi. Lekin g'alaba bu tariqa qo'lga kiritilgani ana shu ustunliklarni yo'qqa chiqardi. Men bu penalti berilmasligi kerak edi deb hisoblayman. Nega? Tushuntiraman. Referi kitobni chetga surib, bellashuv holati bo'yicha ishlashi mumkin edi. O'yin darajasi, final ostonasi, katta yo'l bosib o'tildi va bunday vaziyatda hal qiluvchi penalti qo'yish uchun umuman shubha qolmasligi kerak. Hech bo'lmasa borib monitorda ko'rilishi kerak. Buning ustiga o'yin oxiri, qo'shimcha taymlar, hamma charchagan va yiqilib berishga tayyor, minimal kontakt etarli. Ayniqsa, Sterlingdek yiqilishni o'ta mahorat bilan ijro etadiganlar. Kontakt bor, u minimal, uyog'iga Sterling qo'shdi. Penalti 50 ga 50. Bunday o'yinda, bunday vaziyatda, bu vaqtda, bunday hisobda 200 foiz ishonchli bo'lsagina penalti beriladi. SHubhalilar esa tekshiriladi. 

Qaytaraman, Angliya finalga mos. Lekin Sterling endi yuk bilan yashaydi va unga bu yangilik emas. Daniya mag'rur chiqib ketdi va chempionat bezagiga aylandi. Buyuk yozuvchi Gans-Xristian Andersen ertaklari orqali Daniyani butun dunyoga tanitgandi. 1992 yilgi jamoa yana bir unutilmas ertak yozib qoldirdi. Evro-2020'dagi Daniya ham o'sha klassikalar qatoridan joy oladi", – deb yozadi Davron Fayziev o'z telegram kanalida.  

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика