So’nggi yangiliklar

12:58"Реал" тарихда 20-бор мавсумни дуранг билан бошлади. Улардан нечтасида "Мадрид" чемпион бўла олган?  1 12:35Салоҳ — "1-турлар қироли"  0 12:09Бугун у "Бунёдкор"га қарши  2 11:43"Манчестер Сити" "Олтин тўп"га даъвогар футболчисининг маошини икки баробар оширмоқчи  0 11:15"Барселона" ярим ҳимоячиси жамоадан кетмоқчи  0 10:41Криштиану Роналду фаолиятини қайси клубда якунлаши маълум. У "Ал Насср"дан кетади  14 10:08Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 09:36"Рома" ёзда етти нафар футболчини сотиб юбормоқчи. Номлар маълум…  8 09:01Мбаппе Ла Лигадаги илк учрашувидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  7 08:30ЦСКА бош мураббийи нима сабабдан учрашув сўнггида Аббосбек Файзуллаев ва яна икки нафар футболчини захирага олганини тушунтириб берди  2 08:02Футзал. Бугун терма жамоамиз Францияга қарши баҳс олиб боради  1 07:31Суперлига. Бугун 16-тур баҳслари якунланади  7 07:25А Серия. Биринчи турнинг олтинчи ўйинидаҳам ғолиб номи аниқланмади, "Наполи" сафарда йирик мағлубиятга учради, 1-тур ўйинлари битта саҳифада  7 06:55Қозоғистон чемпионати. "Шахтёр Қарағанда" - "Ордабаси" 2:3, Яшибоев мавсумдаги еттинчи голини урди  2 06:45ЛаЛига. "Мальорка" - "Реал Мадрид" 1:1, Юлдузларга тўла "Реал" ғалаба қозона олмади  3

Konstantin Novikov: "Halokat haqida 14 avgust kuni aytishgan" Yangiliklar

Konstantin Novikov: "Halokat haqida 14 avgust kuni aytishgan"

1979 yilning 11 avgust kuni “Paxtakor” jamoasining aviahalokatga uchragan.
Ayni paytda Karagandada istiqomat qilayotgan bir inson ham mo'jiza tufayligini o'sha mashum sanada o'z klubi safida Minskka uchmagan edi. Uning ismi Konstantin Novikov. U fahriylar o'rtasidagi mini-futbol turnirlari orqali ko'pchilikka yaxshi tanish.

Dose: Konstantin Novikov

1961 yili 21 sentyabr kuni Toshkentda tug'ilgan.

Futbolchilik faoliyati:

1979/84 yillarda “Paxtakor
1985 – “Zvezda” (Jizzah)
1986/92 – “Xonqa” (Xorazm)
1992/94 – MTK (Vengriya).
SSSR o'smirlar terma jamoasi safida 108 ta o'yin o'tkazib 15 ta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan.

Murabbiylik faoliyati:

“SHaxrixonchi” (SHaxrixon)
“Kimyogar” (CHirchiq)
Xorazm (Urganch)
“CHilonzor”, “Do'stlik” kabi jamoalarda ikkinchi murabbiy, “Paxtakor” o'rinbosarlari bosh murabbiyi.

-   Dastlabki ananaviy savolimiz: qaerda tug'ilgansiz, futbol bilan qay tarzda shug'ullanishni boshlagansiz?

-   Toshkentda tug'ilganman. German Titov nomidagi sport internatida o'qiganman. Bu erda shuningdek, Mixail An, Vladimir Federov kabi SSSR terma jamoasi futbolchilari ham tarbiyalanganlar. 16 yoshligimda “Umid” nomli o'zbek jamoasi tarkibida o'smirlar o'rtasidagi turnirda ishtirok etganman. O'sha erda SSSR o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Boris Ignatevning nazariga tushganman.  U meni terma jamoa yig'iniga taklif qilgan. O'smirlar jamoasi tarkibida 25 ga yaqin mamlakatda o'ynaganman. Bu jamoada Igor Belanov, Aleksandr Zavarov, Sergey Rodionov, Sergey Krakovskiy kabi futbolchilar bilan to'p surganman.

-   Barchaga malumki, o'sha vaqtda sport delegaciyasi tarkibida boshqa mamlakatlarga xavfsizlik organlari hodimlari ham borardi...


-   Ha, delegaciyamiz tarkibida bizga notanish odam ham bo'lardi. U murabbiy ham, futbolchi ham, mamur ham emasdi. Bizga yolg'iz hech qaerga chiqishga ruhsat berilmasdi. Boshqa mamlakatliklar bilan muloqotga kirishish ham mumkin emas edi.

 Qachon “Paxtakor” azosiga aylangansiz?

-   1978 yilda meni Toshkentning “Paxtakor” jamoasiga taklif qilishgan. Jamoa endigina oliy ligaga qaytgan, jamoaning o'rinbosarlar tarkibi ham shakllantirilayotgan edi. O'shanda men bilan bir vaqtda jamoaga Gennadiy Denisov, Vladimir Sobirov, Ravil Agishev kabi futbolchilar ham kelishgandi. O'sha mavsumda men o'rinbosarlar tarkibida to'p surdim. 1979 yili esa Kievda SSSR mamlakatlari Spartakiadasida O'zbekiston nomidan mamlakatning eng kuchli jamoasi “Paxtakor” ishtirok etgandi. Men o'shanda ilk bora asosiy tarkibda maydonga tushganman. Rostovning SKA jamoasiga qarshi o'ynaganmiz. O'sha erdan Polshaga, musobaqada ishtirok etish uchun uchganmiz. O'sha musobaqada g'alaba qozonganmiz. 14 avgustda Moskvaga qaytib borganmiz. Bizni kutib olgan jurnalist Lev Filatov menga uch kun oldin “Paxtakor”ning halokatga uchraganini aytdi... Jamoaning faqatgina Minskka uchmagan azolarigina tirik qolibdi...

O'shanda SSSR futbol Federaciyasi toshkentliklar uchun imtiyoz yaratib bergan. Jamoa uch yil davomida qanday natija qayd etishidan qatiy nazar yuqori ligadan tushib ketmaslik imkoniyatini bergan. Jamoaga boshqa klublardan mashhur futbolchilar kelib qo'shila boshlagan. Bular Andrey Yakubik, Zurab Cereteli, Gocha va Manuchar Machaidze, Valeriy Glushakov, Nuriddin Amriev kabi futbolchilar edi. Yangilangan tarkib bilan 21 sentyabr kuni Erevanda “Ararat”ga qarshi o'yinda debyut qilganmiz. Birinchi golimni esa 1981 yili Doneckning “SHaxtyor” jamoasi darvozasiga kiritganman.

-   1984 yili Olma-Otadagi “Qayrat”ga qarshi o'yin esingizdami? Siz ikkita gol kiritganingizga qaramasdan, o'shanda olma-otaliklar 6:2 hisobida g'alaba qozongan edilar...


-   Qozog'iston va O'zbekiston futboli doimo bir-biriga raqobatchilik qilib kelgan. “Qayrat”ga qarshi o'yindagi g'alaba “Dinamo” Kiev ustidan qozonilgan g'alabadan ham kattaroq qiymatga ega edi. Ushbu jamoalar o'rtasidagi o'yinlarga Respublika etakchilari ham tashrif buyurishardi. O'sha o'yindagi mag'lubiyat judayam qattiq tasir qilgan. Huddi shu yili “Paxtakor” birinchi ligaga tushib ketgan...
Keyin esa jamoani Ishtvan Sekech qabul qilib oladi. U asosiy etiborni jismoniy tayyorgarlikka qaratardi. O'sha vaqtda menga harbiy xizmatdan chaqiruv keladi va men “hizmat”ga birinchi liganing “Zvezda” jamoasiga ketganman. U erda ko'p qolmaganman: jamoa bosh murabbiyi, mashhur Gennadiy Krasnickiy bilan yuzaga kelgan tushunmovchiliklar natijasida u meni haqiqiy harbiy xizmatga, Turkmanistonning Qizil-Arvat shahriga yuborgan. Keyin Xorazmning “Xonqa”, Vengriyaning MTK jamoalarida to'p surganman.

-   Futbolchilik faoliyatingizda etakchi jamoalardan ham takliflar tushganmidi?

-   O'smirlar terma jamoasida o'ynab yurgan vaqtimda Moskvaning “Dinamo” hamda “Torpedo” jamoalari o'z tarkibiga chorlashgan. Lekin, men O'zbekistondan ketishni hayolimga ham keltirmaganman. U vaqtda partiya bilan bog'liq sabablar tufayli ketish qiyin edi.

-   Butsalaringizni mixga ilgandan so'ng nima bilan shug'ullandingiz?

-   Murabbiylik kurslarini yakunlab, licenziya oldim va 1995 yili O'zbekiston 1 ligasining “SHahrixon” jamoasini qabul qilib oldim. Keyin CHirchiqning “Kimyogar”, Toshkentning “CHilonzor” jamoalarida ishlaganman. 1999 yili esa Oliy Liganing “Xorazm” jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat boshladim. Biz o'shanda chempionatda juda yaxshi ishtik etib 5-o'rinni egallagandik. Tarkibida Mirjalol Qosimov, Igor SHkvirin, Aleksandr Xvostunov, Nikolay SHirshov, Andrey Akopyanc kabi futbolchilari bo'lgan “Paxtakor”ni uyda ham safarda ham mag'lubiyatga uchratgandik.
Keyin esa “Do'stlik”da Leonid Ostroushkoga O'zbekiston chempioni bo'lishida o'z hissamni qo'shganman.

- Qanday qilib Karagandaga kelib qolgansiz?


- Men O'zbekistondan boshqa joyda ham murabbiylik faoliyatimni olib borishni istardim. SHu maqsadda Karagandaga keldim. Faoliyatim o'xshamadi. Keyin esa sport buyumlari do'koni ochishga qaror qildim.
Karagandaning fahriylar mini-futbol jamoasida to'p suraman. Ayni paytda “Admiral-Sport” firmasining Kozog'istondagi rasmiy dileriman.

- Qozoq futbolining rivojlanishi haqida nima deya olasiz?

- Qozog'iston futboli oldinga katta qadam tashlamoqda. “SHaxtyor”ning o'tgan yilgi evrokubokdagi ishtiroki boshqa jamoalarga yorqin namuna bo'ldi. Rivojlanish borligi ko'rinib turibdi.


sports.kz sayti asosida Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика