Konoplyanka: Liverpul transferim uchun 25 million taklif qilgandi
18 noy 2019 22:41
Yangiliklar
Konoplyanka: Liverpul transferim uchun 25 million taklif qilgandi
“SHaxtyor” yarim himoyachisi Evgeniy Konoplyankaning aytishicha, u o'z vaqtida ingliz klubi safida to'p tepishi mumkin bo'lgan ekan.
Futbolchi “Dnepr”da to'p tepib yurgan vaqtda “Liverpul” yarim himoyachi uchun yaxshi mablag' taklif etgan.
“O'z vaqtida “Liverpul” mening transferim uchun 25 million evro taklif etgandi. O'shanda Kolomoyskiy futbolni judayam sevardi va o'z futbolchilarni sotishni istmasadi. Unga 25 million kerak emasdi. U menga “Liverpul” borasida qayg'urmasligimni aytib, yarim yildan keyin “Tottenhem”ga ketishimni aytgandi. Ammo oradan yarim yil o'tib, hech kim qaytib bu mavzuga qaytmagandi”, deya Konoplyankaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda “Futbol” jurnali.
Fikrlar