KONKAKAF ham barcha turnirlariga tanaffus berdi
13 mar 2020 23:29
Yangiliklar
KONKAKAF ham barcha turnirlariga tanaffus berdi
SHimoliy va Janubiy Amerika hamda Karib dengizi davlatlarida KONKAKAF bayrog'i ostidagi musobaqalarga vaqtinchalik tanaffus berildi.
Bunga dunyoning 5 mingdan ziyod aholisini hayotiga zomin bo'lgan koronavirus epidemiyasi sabab bo'lmoqda. KONKAKAF kamida to'rt turnir - mahalliy CHempionlar ligasi, Olimpiya o'yinlariga saralash raundi, Oltin Kubok birinchi saralash bosqichi hamda "Caribbean Club Shield" musobaqasi o'yinlari oldindagi bir oyda o'tishi rejalashtirilgandi.
Ayni kunlarda Evropa va Amerika qitasida chempionat va o'yinlarni qoldirish borasidagi xabarlar anchagina ko'paydi.
Fikrlar