Konferenciyalar ligasi saralashi. Jamoalar bahsni 10 kishidan bo'lib yakunlagan o'yinda “Tobol” minimal hisobda yutqazdi. Sergeev esa zaxirada qoldi
05 avg 2022 08:30
Yangiliklar


Konferenciyalar ligasi saralashi. Jamoalar bahsni 10 kishidan bo'lib yakunlagan o'yinda “Tobol” minimal hisobda yutqazdi. Sergeev esa zaxirada qoldi
Konferenciyalar ligasi 3-saralash bosqich bahslari bo'lib o'tdi.
Qozog'istonning “Tobol” jamoasi safarda Bosniya va Gercegovina vakili “Zrinski Mostar”ga qarshi bahs olib borib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvdagi yagona gol 2-taym o'rtalarida Niko Yankovich tomonidan urildi.
Qayd etish joizki, jamoalar o'yinni 10 kishidan bo'lib yakunlashdi. 55-daqiqada Yosip CHorluka, 84-daqiqada esa Jarko Tomashevich qizil olib, maydonni tark etdi.
Qaydnomadan o'rin olgan Igor Sergeev esa zaxirada qoldi.
Eslatib o'tamiz, jamoalar o'rtasidagi javob bahsi 11 avgust kuni (19:00) Kostanaydagi “Markaziy” stadionda bo'lib o'tadi. Mazkur juftlik g'olibiga oxirgi pley-off raundida “Olimpiakos” – “Slovan” juftligida muvaffaqiyat qozongan jamoa to'qnash keladi.
O’xshash yangiliklar
23:29
BAA Pro ligasi. "Al Bataeh" kutilmaganda "Sharja"dan ustun keldi, "Al Vahda"dan yirik g'alaba 0

Fikrlar