So’nggi yangiliklar

08:47Sofascore. 10 дақиқа ҳаракат қилган Шомуродов, 82 дақиқа ҳаракат қилган Довбик билан деярли бир хил баҳога лойиқ кўрилди  0 08:35Туркия чемпионати. "Башакшехир"да йирик ғалаба, Пёнтекдан хет-трик! (+мусобақа жадвали)  3 08:17"Кайсериспор" Отабек Шукуровни трансфер қилишга яқин  2 08:10А Серия. 3-турнинг марказий учрашувида ҳисоб очилмади, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  6 07:51Мбаппе ўзини "Реал"да Роналдунинг вориси деб ҳисоблайдими? деган саволга жавоб берди  0 07:24Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳо олди?  0 06:45ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Бетис", Мбаппе ЛаЛигадаги биринчи голини урди  0 02:28Ла Лига. "Реал Мадрид" Мбаппенинг дубли эвазига "Бетис"ни мағлубиятга учратди  45 01:50Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Лилль"ни мағлуб этди  1 01:46Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Турғунбоев эса...  4 01:42А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади, Шомуродов 82-дақиқада ўйинга қўшилди  25 01:25"Ман Сити" ўйинчисини "Бенфика"га ижарага берди  1 00:11Тен Хаг "Ливерпуль" (0:3)дан учралган мағлубиятдан сўнг нималар деди?  9 23:19Бир-икки, бир-икки...  11 22:40АПЛ. 3-турнинг марказий учрашувида Салаҳ ва Диас "Манчестер"ни "ёндиришди"  14

Konfederaciyalar kubogi-2017. Bugun qura tashlanadi Yangiliklar

Konfederaciyalar kubogi-2017. Bugun qura tashlanadi

Bugun Rossiyaning Qozon shahridagi Tennis Akademiyasida 2017 yilgi FIFA Konfederaciyalar kubogi musobaqasiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Qura tashlash marosimida quyidagi 8ta terma jamoa ikkita guruhga ajratiladi:

Rossiya, Germaniya, Portugaliya, Avstraliya, CHili, Meksika, Yangi Zelandiya va 2017 yilgi Afrika millatlar kubogi sohibi.

Qura tashlash marosimida 2005 va 2009 yilgi Konfedaraciyalar kubogi g'olibi braziliyalik mashhur futbolchi Julio Baptista, engil atletika bo'yicha rossiyalik Olimpiada chempioni Elena Isinbaeva hamda besh karra Rossiya chempioni Sergey Semak ishtirok etishadi.



Qozondagi marosimga quyidagi murabbiylar tashrif buyurishadi: Ange Postekoglu (Avstraliya), Xuan Antonio Picci (CHili), Yoaxim Lev (Germaniya), Xuan Karlos Osorio (Meksika), Entoni Xadson (Yangi Zelandiya), Fernandu Santush (Portugaliya) va Stanislav CHerchesov (Rossiya).

Qura tashlash marosimi Qozon vaqti bilan soat 18:00da (Toshkent vaqti 20:00) boshlanadi va 40 daqiqa davom etadi. Tadbir boshlovchilari Yana CHurikova hamda Andrey Malaxov bo'lishadi. Qura jarayonini FIFA bosh kotibi o'rinbosari Zvonimir Boban hamda FIFA musobaqalar o'tkazish departamenti direktori Kolin Smit o'tkazishadi.



Qura tashlash marosimini 249 nafar jurnalist Qozon Tennis akademiyasidan turib yoritib borishadi. Ulardan 154 nafari xalqaro OAV vakillari hisoblanadi. Marosimni dunyoning 150dan ortiq mamlakati tomosha qiladi. Tadbirni FIFAning youtube.com saytidagi rasmiy kanali orqali to'g'ridan-to'g'ri tomosha qilish mumkin.

2017 yilgi FIFA Konfederaciyalar kubogi 16 kun davom etadi va 16ta o'yindan iborat bo'ladi. Ochilish uchrashuvi 17 iyunda bo'lsa 2 iyul kuni chempion nomi malum bo'ladi.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика