So’nggi yangiliklar

13:05Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер  0 12:25Месси 6 ўйинда 11 та гол уриб, МЛСнинг 7 йиллик рекордини ўрнатди  15 11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  1 11:07МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди  4 10:43“Реал Мадрид“ни трансфер ойнаси якунига қадар 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  16 10:20Жозе Моуринью “Арсенал“ ҳужумчисини “Фенербахче“га ўтишга кўндирди  1 09:51Биринчи даврани “Локомотив“да ўтказган ҳимоячи ОКМК йиғинига қўшилди  1 09:23МЮнинг асосий дарвозабони узоқ муддатга сафдан чиқди  7 08:54“Шўртан“ сардори Ҳиндистон жамоасига кўчиб ўтди  4 08:25Аббосбек Файзуллаев: “Краснодар“ билан ўйин менинг ЦСКАдаги охирги ўйиним бўлганми ёки йўқлигини ўзим ҳам билмайман“  6 07:58Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси фаолиятини Эронда давом эттириши мумкин  10 07:27Россия Суперкубогини қўлга киритган Файзуллаев учрашувдан сўнг нималар деди?  2 07:25“Андижон” польшалик ҳимоячи билан шартнома имзолади  2 07:00“Истиқлол“ бош мураббийи яна бир ўзбекистонлик футболчи билан шартнома тузишни истамоқда  6 02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  2

Konadu Yiadom: "O'zbekiston safida 10 va 22-raqamdagi futbolchilar yoqdi" Yangiliklar

Konadu Yiadom: "O'zbekiston safida 10 va 22-raqamdagi futbolchilar yoqdi"

Teglar :  Gana BKonadu Yiadom
O'zbekiston - Gana B uchrashuvidan keyin mehmonlar himoyachisi Konadu Yiadom championat.asia sayti muxbiriga intervyu berdi.

- O'zbekiston terma jamoasiga qarshi o'yin haqida qanday fikrdasiz?
- O'ylashimcha yaxshi o'yin bo'ldi. Mezbonlar yaxshiroq to'p tepishdi va g'alabaga haqli erishishdi, ammo biz ham yomon o'ynamadik. Raqib hujumchilari markaziy himoyachi sifatida meni ancha charchatishdi. Men 20 yoshdaman va terma jamoada debyut qildim, kelajakda o'yinlarim soni ko'p bo'lishini istayman.

- Ganada qobiliyatli yoshlar juda ko'p. Sizda terma jamoada yana o'ynash imkoniyatingiz qanday?
- Ko'p mehnat qilishim kerakligini bilaman, ammo terma jamoada yana ko'p o'yin o'tkazish imkoniyatim yaxshi. Milliy terma jamoamiz safida katta musobaqalarda, masalan Jahon chempionatida to'p tepishni orzu qilaman.

- O'zbekiston terma jamoasi safida eng ko'p qiyinchilik tug'dirgan futbolchi kim bo'ldi?
- Ularning ismini bilmayman, menga 10 (Jaloliddin Masharipov - championat.asia) va 22-raqamdagi (Javohir Sidiqov - championat.asia) o'yinchilar yoqdi. Yaxshi futbolchilar ekan. 



- O'zbekiston sizga yoqdimi?
- Bu mamlakatga ilk bor keldim. Mezbonlar bizga qulay sharoitlarni taqdim etishdi. O'zbek taomlari Afrika taomlaridan farq qilar ekan, ammo menga yoqdi.

- Hozir qaysi klubda to'p tepayapsiz?
- Ayni paytda Gana premer-ligasida "WAFA SC" klubida faoliyat olib borayapman. Kelajakda kuchli chempionatga ko'chib o'tishni istayman. Aytganimdek 20 yoshdaman va kuchli klublarda o'ynashga vaqtim etadi.


Miron Goyxman suhbatlashdi

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика