

"O'yin yaxshi bo'ldi. Ayniqsa stadiondagi muhit ajoyib bo'ldi. Terma jamoada baribir hayajon bo'ldi, lekin xudoga shukurki g'alaba qozondik. Iroq bilan bahsda ham, yozdagi rasmiy o'yinlarda ham g'alaba qozonishga harakat qilamiz.
"Navbahor"da ham markaziy himoyada o'ynayapman. Ancha o'rganib qoldim. Murabbiy meni qaysi joyga qo'ysa o'sha yerda o'ynashga tayyorman. Foydam tegsa bo'ldi", - deydi Azim Ahmedov.



