"Komo" "Yuventus" xavbekiga davogarlik qilmoqda
22 iyu 2024 20:05
Yangiliklar
"Komo" "Yuventus" xavbekiga davogarlik qilmoqda
A Seriyaning yangi vakili Artur Melo bilan shartnoma imzolamoqchi.
A Seriyaga qaytgan "Komo" Turinning "Yuventus" jamoasi yarim himoyachisi Artur Meloga qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi Fabricio Romano.
Malum qilinishicha, "lariani" allaqachon "keksa sinora"ga 27 yoshli Melo transferi bo'yicha murojaat qilgan. Muzokaralar boshlangan. Braziliyalik yarim himoyachi "Yuventus" bosh murabbiyi Tiago Mottaning 2024/25 yilgi mavsumdagi rejalariga kirmaydi.
Artur Melo 2023/24 yilgi mavsumni ijara asosida "Fiorentina"da o'tkazdi va u erda 46 ta o'yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Умтити Месси ҳақида: "Фақатгина Месси ўйинни ёлғиз ўзи ютишга қодир эди"
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги дастлабки очкосини қўлга киритди
"Ал Иттиҳод" Салоҳнинг агенти билан музокаралар олиб бормоқда
Кроос Саудия Арабистони лигасини танқид қилди: "Роналдусиз уни яна унутишади"
Fikrlar