Kommentlarda "Paxtakor"ga kelsa zo'r bo'lardi deyilgan futbolchi BAA klubiga o'tdi
18 jan 2021 13:16
Yangiliklar


Kommentlarda "Paxtakor"ga kelsa zo'r bo'lardi deyilgan futbolchi BAA klubiga o'tdi
Suriyalik hujumchi Omar Xrbin "Al Hilol" bilan xayralashgani haqida xabar bergandik.
Albatta, yaxshi futbolchi ko'chada qolmaydi va tez orada o'ziga yangi jamoa topadi. Suriya terma jamoasi hujumchisi Omar Xrbin BAAning 4 karra chempioni "Al Vahda" klubi bilan shartnoma imzoladi. U erkin agent sifatida yangi jamoaga ko'chib o'tdi.
27 yoshli to'purar "Al Vahda" bilan 30 oylik shartnoma tuzdi. Eslatib o'tamiz, suriyalik futbolchi "Al Hilol"ni tark etgani haqida xabar berganimizda kommentlarda muxlislar "Paxtakor"ga kelsa zo'r bo'lardi deya fikr qoldirishgandi.
O’xshash yangiliklar
12:44
Yassin Bunu yoki Roberto Firmino. Mart oyi boshida O'zbekistonga qaysi futbol yulduzlari keladi? 31

Fikrlar