Koman mashg'ulotlarga qaytdi

12 mar 2020, 00:25
"Bavariya" yarim himoyachisi Kingsli Koman jarohatidan to'liq forig' bo'ldi.

Yodingizda bo'lsa, Koman YCHL 1/8 final bosqichi doirasida "Chelsi"ga qarshi Londonda o'tkazilgan o'yinda jarohatga yo'liqqan edi.

23 yoshli francuzning umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytgani haqida Myunxen klubi rasmiy sayti ma'lum qildi.

Ma'lumot uchun, Koman Bundesliganing joriy mavsumida 15 o'yinda maydonga tushib ikkitadan gol va samarali uzatmaga mualliflik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: fcbayern.com