Koman "Bavariya"dan ketishga qaror qildi - hammasiga Sane aybdor
12 iyu 2021 18:51
Yangiliklar
Koman "Bavariya"dan ketishga qaror qildi - hammasiga Sane aybdor
Futbolchi klubdagi holatidan norozi.
"Bavariya" vingeri Kingsli Koman yozgi transferlar vaqtida jamoani tark etmoqchi.
Futbolchi maoshi kamligidan norozi. Klub rahbarlari uning maoshini 1 millionga oshirib, yiliga 12 milliongacha berishga tayyor.
Franciyalikning ko'proq pul olishga arzishiga ishonchi komil. Unga Sane va o'z maoshi o'rtasidagi farq yoqmayapti.
SHuningdek, vinger "Bavariya"da unga 10-raqamni bermayotganliklaridan norozi. Bu raqam Filippe Koutino ketgach, Leroy Sanega berilgan. Franciyalik esa bundan g'azablanmoqda.
Koman o'tgan mavsumda Germaniya Bundesligasining 29 o'yinida 5 ta gol urdi va 10 ta golli pas uzatdi.
Fikrlar