Koman "Bavariya" bilan shartnomani uzaytiradi
12 jan 2022 15:40
Yangiliklar
Koman "Bavariya" bilan shartnomani uzaytiradi
"Bavariya" yarim himoyachisi Kingsli Koman Myunxen klubi bilan shartnomani uzaytiradi.
Jurnalist Kerri Xauning xabariga ko'ra, bosh murabbiy Yulian Nagelsmann 25 yoshli franciyalik bilan shartnoma uzaytirilishini talab qilmoqda.
Yarim himoyachi boshqa klublarning qiziqishiga qaramay, Nagelsmann bilan yaxshi munosabatlari sabab Myunxen klubi taklifini qabul qildi.
Koman joriy mavsum "Bavariya" tarkibida 17ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar