Kolarov: "Muxlislar futbolda hech narsani tushunishmaydi"
27 noy 2018 13:20
Yangiliklar
Kolarov: "Muxlislar futbolda hech narsani tushunishmaydi"
"Roma" himoyachisi Aleksandr Kolarov "Udineze"dan uchralgan mag'ubiyatda (0:1) murabbiylar shtabini tanqid qilgan muxlislarga javob berdi.
"Har bir o'yinda bor kuchimni ishga solaman. To'g'ri, muxlislar natijadan xafa bo'lishga haqqi bor, ularni hurmat qilamiz. Ammo ishqibozlar futbolda hech narsani tushunmasliklarni anglashlari kerak!
Bunaqasi tennis va basketbolda ham bo'ladi. Men bu sport turlari bilan ham shug'ullanganman. Mag'lubiyat tufayli xafa bo'lganman, ammo hech qachon taktik borasida maslahat bermaganman, chunki bunda hech narsani tushunmayman. Bu faqat "Roma" muxislariga emas, boshqa klublar ishqibozlariga ham tegishli" - deydi Kolarov.
Fikrlar