Koke La Ligadagi kurash haqida: "Barchasi o'zimizga bog'liq"
12 apr 2021 09:38
Yangiliklar
Koke La Ligadagi kurash haqida: "Barchasi o'zimizga bog'liq"
Madridning "Atletiko" klubi yarim himoyachisi va sardori Koke "Betis" (1:1)ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Jamoa borini berdi. Biz ikki ochko yo'qotdik, ammo ishlashda davom etish kerak. Biz hali ham birinchimiz, bu esa barchasi o'zimizga bog'liq ekanligini anglatadi.
Albatta, bizda kadrlar muammosi bor, ammo bu o'zimizni oqlashga xizmat qila olmaydi, sababi bizda kuchli tarkib bor", - deydi ispaniyalik futbolchi o'yindan so'ng.
"Atletiko" La Ligada "Real"dan 1, "Barselona"dan 2 ochko ko'p to'plagan holda, jadvalda birinchi o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar