Koke Joau Feliksning kelajagi haqida gapirdi
24 fev 2020 15:33
Yangiliklar
Koke Joau Feliksning kelajagi haqida gapirdi
Joau Feliks kecha La Liga doirasidagi "Vilyarreal" (3:1)ga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushib gol urdi.
Koke hammani yosh futbolchiga bosimni kamaytirishga chaqirmoqda. "Atletiko" sardori Feliksni bir necha yillardan so'ng aqlbovar qilmas o'yinchiga aylanishini taxmin qilmoqda.
"Hamma Joaudan natija kutmoqda. U hali ham o'zini takomillashtirish uchun ko'plab imkoniyatlarga ega. Ko'plab buyuk futbolchilar jamoaga moslashishi uchun vaqt ketgan.
Agar u murabbiy va sheriklarini eshitishni davom ettirsa, Feliks barcha tomosha qilishni xohlaydigan o'yinchiga aylanadi. Unga jarohatlar halal bermoqda, ammo aminmanki, kelajakda boshqa Feliksni ko'ramiz", - deydi Koke.
Portugaliyalik futbolchi joriy mavsum "Atletiko" safida La Liga 18ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar