

"Lopetegi bizning yetakchimiz edi, uning ketishi barchasini qiyinlashtirdi. Holat og'irlashib ketdi. Biroq Yerroni ayblab bo'lmaydi. U borini berdi. Jamoa esa 100 foiz kuchi bilan harakat qildi. Bu safar federatsiya qanday qaror chiqarishini bilmayman. Bizning kollektivimiz juda kuchli, buni saqlab qolish kerak. Albatta, bizga juda og'ir bo'lmoqda. Inesta ham termadan ketdi", - dedi Koke.



