"Kogon" futzal klubi "Joma" bilan hamkorlikda bolalar o'rtasida musobaqa o'tkazdi
18 apr 2014 12:57
Yangiliklar
"Kogon" futzal klubi "Joma" bilan hamkorlikda bolalar o'rtasida musobaqa o'tkazdi
Buxoro viloyatining Kogon shahrida futzal bo'yicha o'smirlar o'ratasida ananaviy musobaqa tashkil etildi.
12-16 aprel kunlari Buxoro viloyatining Kogon shahrida mahalliy “Kogon” futzal klubi, Ispaniyaning “Joma” firmasining O'zbekistondagi vakilligi bilan hamkorlikda, futzal bo'yicha 2002-2004 yillarda tug'ilgan bolalar o'rtasida ananaviy turnir o'tkazildi.
Yuqori saviyada o'tkazilgan musobaqada g'oliblik “Kogon” jamoasi vakillariga nasib etdi. Final uchrashuvida ular Farg'onalik sportchilarni 5:1 hisobida mag'lubiyatga uchratib, bosh sovrinni qo'lga kiritishdi.
Turnirning 3-o'rini uchun kechgan bahsida esa, “Marg'ilon” va “Qarshi” jamoalari duch kelishdi. Ushbu uchrashuvda raqibidan bitta gol ko'proq urishga muvaffaq bo'lan Marg'ilon jamoasi 4:3 hisobida g'alaba qozondi.
Takidlash joiz, tashkil etilgan musobaqada Kogon, Farg'ona, Marg'ilon, Marg'ilon-2, Qarshi, Navoi, Buxoro va Uchquduq kabi respublikaning turli viloyatlaridan jamoalar ishtirok etishdi.
Musobaqa yakunlariga ko'ra, “Kogon” vakili SHoxjahon SHoxnazarov – “Eng yaxshi o'yinchi” deb topilgan bo'lsa, Farg'ona viloyati jamoasining vakili Azamjon Akbarov – “Eng mohir to'purar” nomiga sazovor bo'ldi. SHuningdek, Qarshi shahri jamoasining posboni Quvonchbek Ro'ziev, musobaqaning “Eng yaxshi darvozaboni” nomiga sazovor bo'lishdi.
O'zbekistonda futzal sport turini ommaviylashtirish maqsadida o'tkazilgan musobaqa ohirida, “Joma” firmasi tomonidan yosh sportchilarga futzal to'plari, sport formalari va boshqa sovg'alar topshirildi.

Fikrlar