So’nggi yangiliklar

07:02Бурчак зарбасидан гол ва ассистлар. Неймар «Сантос»га йирик ғалабани тақдим этди  0 02:43Лига 1. "Лион" ва ПСЖ ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди, Хакимидан дубль  1 02:39А Серия. Влаховичнинг голи меҳмонда "Ювентус"га ғалаба тақдим этди  0 00:53Киммих "Бавария"да қолишга яқин  0 00:24Абдуқодир Ҳусанов бугунги ўйинда қандай статистика қайд этди?  4 00:15АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпуль"га мағлуб бўлди, Ҳусанов ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  1 23:35Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Айнтрахт"га жавобсиз 4та гол урди, мюнхенликлар энг яқин таъқибчиларидан 8 очко илгарилаб кетишди  2 23:29БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" кутилмаганда "Шаржа"дан устун келди, "Ал Ваҳда"дан йирик ғалаба  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Ливерпуль"га ютқазди. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг катта балл олди  181 23:00U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистон ўз юришини чорак финалда тўхтатди  11 22:32"Челси" Ла Лигадаги ҳимоячи билан шартнома имзоламоқчи  1 22:10Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Жирона"ни мағлуб этиб, очколар бўйича "Барса"га етиб олди, 39 ёшли Модрич ўйинда ҳисобни очди  64 21:56Гризманн ўзининг "Атлетико"даги келажагини белгилаб олди  0 21:08Сон Хён Мин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин?!  5 20:01Тибо Куртуа Тедесконинг истеъфосидан сўнг Бельгия терма жамоасига қайтишни хоҳламоқда  7

Klublar o'rtasidagi JCH finali: "Bavariya" – "Tigres" (prevyu) Yangiliklar

Klublar o'rtasidagi JCH finali: "Bavariya" – "Tigres" (prevyu)

Bugun Qatarning Doha shahrida Myunxenning "Bavariya" va Monterreyning "Tigres" klubi o'rtasida klublar o'rtasidagi jahon chempionati finali o'tkaziladi.

Turnirda bosib o'tilgan yo'l

"Tigres" musobaqaga boshqa barcha ishtirokchilaridan oldin etib kelib, yaxshi tayyorgarlik ko'rishga ulgurdi va ikkita o'yinda g'alaba qozondi. Meksika klubi birinchi davrada Janubiy Koreyaning "Ulsan Xyunday" jamoasini mag'lub etdi (2:1), keyin Braziliyaning "Palmeyras" klubi mag'lubiyatga uchratildi (1:0). Ikki turdagi barcha gollarni Andre-Per Jinyak urdi.

"Bavariya" sal kechroq keldi va faqat bitta o'yin o'tkazdi. Myunxen klubi Afrika chempioniga qarshi o'yinda deyarli hech qanday muammoga duch kelmadi – Misrning "Al-Ahli"si o'z darvozasidan javobsiz ikkita to'pni olib chiqdi.

"Bavariya" yana kichik resurslardan foydalanadimi? So'nggi paytlarda "Bavariya"ning o'yinlarida malum bir qarama-qarshilikda g'alaba qozonish uchun kuchlarni tejash tendenciyasi kuzatilmoqda.

Aslida "Bavariya" 2 tadan ko'p gol urishi mumkin edi. Alohida aytish kerakki, raqib darvozasi yaqinida ko'p ham vaziyatlar sodir etilmadi, lekin "Al-Ahli" nemislar erkin va faol o'ynashlariga imkon berib qo'ydi, himoyada ham etarlicha muammolar mavjud edi. Myunxenliklar aksariyat vaziyatlarda juda passiv hurakatlanishdi – "asosiysi, g'alaba qozonish" shiori ish berdi.  

Flik himoyani o'zgartirishi kerak – Boateng uyga qaytdi

Himoyachi Jerom Boateng sobiq sevgilisi vafot etganligi sababli murabbiydan Myunxenga qaytishni so'rashga majbur bo'ldi. Futbolchi atigi bir hafta oldin xayrlashgan Kasiya Lenxardt o'z xonadonida o'lik holda topilgan.

Vaziyat sal murakkab, ammo bu himoya chizig'iga jiddiy tasir ko'rsatmasligi kerak. Katta ehtimol bilan Xansi Flik oldindan Boatengni almashtirish g'oyasini o'ylab qo'ygan, yani uning o'rnini Niklas Zyule egallashi kerak, ayniqsa, hozir u uchun o'yin amaliyoti eng muhimi hisoblanadi.

"Bavariya"ning gollari uchun hamon Robert Levandovski javobgardir. Polyak oldingi o'yinda dubl qayd etib, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Endi ko'p narsa uning hujum markazidagi mahoratiga bog'liq bo'ladi, chunki bazi jihatlari bo'yicha juda kuchli bo'lgan jamoa qarshilik ko'rsatishi kerak. Ishonch bilan aytish mumkinki, bu safar jarima maydonchasida dushanba kungidagidek erkinlik bo'lmaydi, ammo qiziq bo'ladi.

"Tigres" yutqazmaydi va stabil ravishda gol uradi – Jinyak hali ham asosiy qahramon. Braziliyalik mutaxassis Rikardo Ferrettining uzoq yillik rahbarligi ostida Meksika klubi ko'pchilik favoritlar uchun juda qiyin raqibga aylandi. Umuman olganda "Tigres" o'yinni qanday nazorat ostida ushlashni, raqiblarga o'z darvozasi yonida hech narsa qilishlariga yo'l qo'ymaslikni biladi.

Uchrashuvning nominal mehmonlari so'nggi uchrashuvlarda yaxshi statistikaga ega – ular oxirgi 10 o'yinda atigi bir marta yanvar oyi oxirida "Santos"ga mag'lub bo'lishgan, xolos. SHunisi etiborga loyiqki, o'shanda Ferretti jamoasi ketma-ket 23 uchrashuvda birinchi marta bitta ham gol ura olmagan.

Taxminiy tarkiblar

"Bavariya": Noyer – Pavar, Zyule, Alaba, Devis – Kimmix, Roka – Gnabri, Myuller, Koman – Levandovski

Xansi Flik 4-2-3-1 sxemasini o'zgartirmaydi. Jerom Boatengning yo'qligi masalasi odatdagi tarzda hal qilinishi kerak – poziciya nuqtayi nazaridan uning o'rnini Niklas Zyule egallaydi. Tayanch nuqtada ikkita variant mavjud: yoki Tolisso qaytadi yoki Kimmix Roka bilan juftlik hosil qiladi. Hujum qanotlari o'zgarishsiz qoladi.

"Tigres": Guzman – Rodriges, Salsedo, Reyes, Duenyas – Akino, Pisarro, Karioka, Kinones – Jinyak, Gonsales

Rikardo Ferretti yana klassik 4-4-2 sxemasini tanlaydi. Salsedo himoya markazida, chapda esa nominal tayanch vakili Xesus Duenyas. Tayanch nuqtada Karioka va Pisarro, o'ng qanotda Akino maydonga tushadi. Oldinda Jinyak bilan birga uning odatdagi sherigi Karlos Gonsales harakatlanishi kutilmoqda.

Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:00 da boshlanadi va saytimiz orqali matnli translyaciya qilinadi. 

SHerzod Nurmatov tayyorladi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика