So’nggi yangiliklar

11:20Ўзбекистон Эронга қарши қандай либосда ўйнаши маълум  0 10:55"Ливерпуль" ёзда Салоҳнинг ўрнига бошқа бир мисрлик футболчи билан шартнома тузмоқчи  0 10:26"Манчестер Сити"нинг "устуни" ёзда жамоани тарк этади  0 09:52Ислом Маматказин: “Ўйинни ўзида ютиб кетишимизга ишонгандик. Қандайдир ўзгача руҳият бор эди”  5 09:20Франческо Тотти ўзининг идеал футболчисини йиғди  3 08:43"Бавария" Мусиалани жамоада олиб қолиш учун ойлигини беш бараварга оширишга тайёр  1 08:08МЮ раҳбарлари тен Хаг борасида бир қарорга кела олишмади  9 07:33Салоҳ ва де Брюйне келаси мавсум жамоадош бўлишлари мумкин  1 02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  2 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  7 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  1 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  21 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  10

"Bavariya" – klublar o'rtasidagi JCH g'olibi! Yangiliklar

"Bavariya" – klublar o'rtasidagi JCH g'olibi!

"Bavariya" va "Tigres" o'rtasidagi final matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.


"Bavariya" (Germaniya) – "Tigres" (Meksika) 1:0  

«Education City Stadium»

Gol: Pavar 61'

Bavariya – Noyer, Zyule, Devis, Pavar, Alaba, Koman (Kosta, 73), Kimmix, Sane (Musiala, 73), Gnabri (Tolisso, 64), Lyuka Ernandes, Levandovski (SHupo-Moting, 73).

Tigres – Guzman, Reyes, Salsedo, Rodriges (Kinones, 80), Pisarro, Duenyas, Akino, Rafael Karioka, Kinones, Gonsales, Jinyak.

Ogohlantirishlar: Duenyas (42), Rodriges (69), Karioka (90). 

Uchrashuv o'z nihoyasiga etdi. "Bavariya" JCH g'olibiga aylandi. Klub muxlislarini samimiy tabriklaymiz! Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+2. "Tigres" hatto "Bavariya" jarima maydoniga yaqinlasha olmayapti. Ulardan javob golini kutish qiyin...

Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi. 

90. Karioka qo'polligi bois hakam tomonidan ogohlantirildi.

89. Pavar o'ng qanot orqali to'pni ichkariga oshirdi, Salsedo bosh bilan xavfni bartaraf qildi.

88. SHupo-Moting ichkariga kirib borib, xavfli holat qayd etdi. Bu gal fint "emadi". Salsedo "Bavariya" hujumchisiga qarshilik ko'rsatdi.

85. "Bavariya"dan dahshatli hujum! Kostaning zarbasi Guzmanni sergak torttirdi.

83. Mana hozirgina "Tigres"da vaziyat paydo bo'ldi. Jinyak chalqancha uslubda zarba yo'llamoqchi bo'ldi, biroq to'p oyoqqa yaxshi tushmadi.

81. Darvoza ustuni!  Tolissodan qoyilmaqom zarba!  

80. "Tigres"da o'zgarish: Gonsales o'rniga Kinones o'yinni davom ettiradi. 

79. To'p yana Musialaga etib keldi, bu gal ham u konkret nimadir ko'rsata olmadi. 

78. Endigina maydonga tushgan Musiala o'z driblingini nimoyish etmoqchi bo'ldi. Reyes yosh vingerga imkoniyat bermadi.

77. Devis chap qanot orqali jarima maydoniga yaqinlashdi. Tolisso pas berishda adashdi.

76. Zarbalar bo'yicha statistika – 6:1.

73. "Bavariya"da 3 ta almashtirish: Koman o'rniga Kosta, Sane o'rniga Musiala, Levandovski o'rniga SHupo-Moting maydonga tushdi.

70. Kimmixdan etirofga loyiq uzatma, Tolissodan bosh bilan zarba! Noaniq.

69. Rodriges Komanga nisbatan qoidani buzdi va ogohlantirildi. 

66. Kinones oldinda ancha faol, u hozir "Bavariya" jarima maydoni yaqinida standart ishladi.

64. "Bavariya"da o'zgarish: Tolisso Gnabrini almashtirdi. 

63. Gol muallifi xatoga yo'l qo'ydi.  Pavar jarima maydoni ichida Kinonesga imkoniyat berib qo'yib, xatoni to'g'rilashga erisha oldi.

61. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!   Pavar o'zining aniq zarbasi orqali hisobni ochdi – 1:0!  Hakamlar VAR yordamida Levandovskini ofsaydda emas deb topishdi va gol inobatga olindi.

58. "Tigres" kam snli hujumlaridan birini uyushtirdi. Jinyak qanot tomon kuchli uzatmani amalga oshirdi, Meksika jamoasi hech narsaga erishmadi.

55. Koman himoyachi bilan astoydil kurash olib bordi, ammo o'zi xohlagan narsa o'xshamadi, uning niyati darvozabon bilan yakkama-yakka holatga chiqib borish edi.  

54. Koman jarima maydoni yaqinida fint ishlatdi va yakunda noaniq pasi orqali holatga yakun yasadi.

51. Gnabrida yaxshi imkoniyat yuzaga keldi. Alabadan uzatma, Gnabridan zarba, hozircha samrasiz.

50. "Bavariya" chap qanot orqali hujum tashkil qildi. To'p kuchli tepilgani bois hatto super tezlikka ega Devis ham etib borolmadi.

48. Koman chap qanotda faollik ko'rsatib, Rodrigesdan oqib ketdi va to'pni ichkariga oshirdi, Sane bosh balen zarba yo'lladi!  Sal noaniq.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi – 0:0. 

45. Noyer to'p bilan ishlashda xumoridan chiqib oldi. Darvozabon qanotga qadar to'p bilan muomala qildi. Jinyak "podkat" tashlashga ham ulgurdi, biroq to'pni olib qo'ya olmadi. keyin esa ular quchoqlashib qo'yishdi. Bu vaziyat ularning har ikkisiga zavq bag'ishlagan ko'rinadi. 

43. "Tigres" pressing uyushtirmoqda. Noyerga esa farqi yo'q va bu u uchun ayni muddao.

42. Birinchi bo'limdayoq vaqt cho'zishga urinish uchun sariq kartochka ko'rsatildi. Duenyas to'pni "aut"dan o'yinga kiritishda ancha vaqt olgani bois ogohlantirildi.

40. Franciyalik himoyachi Pavar Kinonesning qoida buzishidan keyin maydonda yotibdi.

37. Jinyak maydon markazida Devisni ortda qoldirishga urindi. Bosh hakam qoida buzish qayd etdi.

36. Levandovskining Koman tomon pasi muvaffaqiyat keltirmadi. "Tigres" o'z darvozasidan to'pni o'yinga kiritib beradi.

34. Saneda qoyilmaqom imkon yuzaga keldi. "Bavariya" tezda burchak to'pini o'yinga kiritgandan so'ng germaniyalik o'yinchi to'qqizlikni nishonga oldi!  Ozgina aniqlik etishmadi.

32. Salsedo to'pni olib qo'yishda mehnat qildi va zarba berdi. To'p to'g'ri Noyerga borib tushdi.

32. Karioka burchakdan uzatmani amalga oshirdi. Noyer va Levandovski birgalikda to'pni uzoqlashtirishga erishishdi.

30. Sane fint namoyish qilib, ikki raqibini aldashga urindi. Duenyas jiddiy kurash olib borgani bois dribling meva bermadi.

28. "Tigres" "Bavariya" jarima maydoni ichkarisida chiroyli kombinaciya tashkil etdi. Kinones ohista uzatmani ko'rsatdi, ammo Ernandes to'pni uzoqlashtirdi va Jinyakka imkoniyat qoldirmadi.

25. Kingsli Koman ajoyib driblingdan so'ng olis masofadan raqib darvozasini nishonga oldi, Guzman qaytardi! 

23. Devis o'z tezligi evaziga Kinonesadan osonlikcha o'tib ketdi va "Tigres" jarima maydoniga kirib kelib, zarba yo'lladi. To'p GUzmanga qulay shaklda etib keldi.

20. Gol bekor qilindi!  Tablodagi hisob –  0:0.

19. Hakam monitor tomon yugurdi!  Levandovski Kimmix zarba berayotgan vaqtida Guzmanga xalaqit qilgan holda ofsaydda turgan ekan.

18. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLL!  Kimmix taxminan 20 metrdan darvozani ishg'ol etdi – 1:0!

16. Noyer!  U darvozadan ancha uzoqqa chiqdi va Kinonesdan oldin to'pga etib keldi.

13. Devisning tezligi to'pni egallab, uni sheriklariga etkazib berishga xizmat qildi. Levandvoski yana muvaffaqiyatsizlikka uchradi va to'pni yo'qotdi.

10. Kimmix ketma-ket ikkita burchak to'pini o'yinga kiritib berdi. Har ikkisi yaqin burchak tomon yo'naltirildi. "Tigres" himoyachilari zavfni bartaraf etishdi.

6. Levandovski darvoza oldida to'pni qabul qildi, Guzman o'z vaqtida forvardning xatosidan foydalanib qoldi.

4. "Bavariya" o'yindagi dastlabki hujumini uyushtirishi mumkin: Komanning yo'li tomon noto'g'ri pas amalga oshirildi...

2. Jinyak chap qanotda jarima to'pini o'yinga kiritdi. Uzatma ancha pastdan va samarasiz chiqdi.

1. Birinchi hujum xavfli ko'rinish oldi! Jinyak bosh bilan zarba yo'lladi, biroq to'p raqibga tegdi. Noyer vaziyatga aralashishiga xojat qolmadi. 

1. Final bahsiga start berildi! 

CHigil yozdi mashg'ulotlar

Bosh sovrin o'z egasini kutmoqda

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:00 da start oladi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari!  Bugun Qatarning Doha shahrida Germaniyaning "Bavariya" klubi Meksikaning "Tigres" klubi bilan jangga kirishadi. Ushbu o'yinni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.  

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика