Klublar o'rtasidagi JCH-2019ga qura tashlash marosimi o'tkazildi
16 sen 2019 22:35
Yangiliklar
Klublar o'rtasidagi JCH-2019ga qura tashlash marosimi o'tkazildi
Ilk bosqich bahsi mezbon «Al-Sadd» hamda Okeaniya chempioni «Iengen» (Yangi Kaledoniya) o'rtasida bo'lib o'tadi. Mazkur juftlik g'olibi keyingi raundda KONKAKAF chempioni «Monterrey» (Meksika) jamoasiga qarshi to'qnash keladi.
Ushbu bosqichning ikkinchi o'yini esa Osiyo chempionlar ligasi g'olibi hamda Afrika chempioni «Esperens» (Tunis) o'rtasida o'tkaziladi. Ushbu juftlik g'olibi yarim finalda KONMEBOL chempioni bilan uchrashadi. ECHLning amaldagi titul sohibi «Liverpul» esa final ostonasida «Monterrey», «Iengen» yoki «Al-Sadd» klublaridan biriga duch keladi.
Eslatib o'tamiz, hisob bo'yicha 16 marotaba tashkil etilayotgan klublar o'rtasidagi mundial 11 dan 21 dekabrga qadar bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
P.S. «Al-Sadd» OCHLning yarim finaliga yo'l olganini hisobga olib, agar Xavi shogirdlari musobaqa g'olibiga aylanadigan bo'lishsa, u holda qatarliklar klublar o'rtasidagi JCHni 2-raunddan boshlaydi va «Liverpul» bilan finalgacha to'qnash kelmaydi. O'z navbatida, «Al-Sadd»ning o'rnini OCHL finalchisi egallaydi.
Fikrlar