Klublar o'rtasidagi JCH-2015ga qura tashlandi
25 sen 2015 08:45
Yangiliklar
Klublar o'rtasidagi JCH-2015ga qura tashlandi
O'z qitalarining chempionlari 10-20 dekabr kunlari Yaponiyada o'tkaziladigan musobaqada sayyoramizning eng kuchli klubini aniqlab berishadi.
Qura natijasiga ko'ra, Evropa chempionlar ligasining amaldagi g'olibi “Barselona” hamda Libertadores Kubogi sohibi “River Pleyt” (Argentina) klublari o'z ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri yarim finaldan boshlaydi.
Klublar o'rtasidagi JCH-2015ga qura tashlandi
CHORAK FINALLAR
Birinchi juftlik: KONKAKAF chempionlar kubogi g'olibi - Osiyo chempionlar ligasi g'olibi
Ikkinchi juftlik: Afrika chempionlar ligasi g'olibi - Okeaniya chempionlar ligasi g'olibi (“Oklend Siti” yoki Jey-liga chempioni)
YARIM FINALLAR
Evropa chempionlar ligasi g'olibi (“Barselona”) - Birinchi juftlik g'olibi
Ikkinchi juftlik g'olibi - Libertadores Kubogi sohibi (“River Pleyt” Argentina)
Eslatib o'tamiz, o'tgan yili Marokashda o'tkazilgan klublar o'rtasidagi jahon chempionatida Madridning “Real” klubi g'oliblikni qo'lga kiritgan edi. “Qirollik klubi” finalda Argentinaning “San-Lorenso” jamoasidan 2:0 hisobida ustun kelgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar