So’nggi yangiliklar

19:43Футзал. "Локомотив" "Динамо"ни мағлуб этди  0 19:07"Навбаҳор"дан 3, "Насаф", "Пахтакор" ва "Сурхон"дан 2 нафардан. Суперлига 6-тур рамзий терма жамоаси  4 18:42Суперлига. 6-тур футболчиси - Зоран Марушич  1 18:27"Футбол олами". "Андижон" ва "Нефтчи" юта олмади, "Навбаҳор"да йирик ғалаба. 6-тур ҳақида ҳаммаси  0 18:13Суперлига. 6-тур голи муаллифи - Одил Ҳамробеков  2 17:55Суперлига. 6-тур мураббийи - Рўзиқул Бердиев  1 17:30Суперлига. 6-тур дарвозабони - Дилшод Йўлдошев  0 16:45Про лига. 7-тур учрашувларини бошқарадиган ҳакамлар маълум  0 16:22Суперлига. 7-тур ўйинларининг бошланиш вақтлари эълон қилинди  2 15:43Футзал. БМБ "Пахтакор" дарвозасига жавобсиз 7та тўп киритди  3 15:05Манба: "Динамо" футболчиларига 3 ойдан бери маош берилмаяпти  8 14:47Аукционга қўйилган дўппининг нархи 44 миллион сўмга етди. Барча пуллар болалар шифохонасига хайрия қилинади  14 14:33Олимпиадага чиққан Ўзбекистон U-23 терма жамоаси футболчиларига қанчадан мукофот берилгани маълум  44 13:47ЕЧЛ. "Реал" ва "Бавария"нинг бугунги ўйин учун тахминий таркиблари  26 13:27"Насаф"нинг асосий жамоаси кетидан футзал жамоаси ҳам голлар шоусида ғалаба қозонди  0

"Klubdagi sharoitlar "Paxtakor", "Nasaf"nikidan kam emas" - Bangladeshda chempion bo'lgan hamyurtimiz endi OCHLni ko'zlamoqda Yangiliklar

"Klubdagi sharoitlar "Paxtakor", "Nasaf"nikidan kam emas" - Bangladeshda chempion bo'lgan hamyurtimiz endi OCHLni ko'zlamoqda

Kuni kecha saytimiz orqali Bangladesh chempionatida to'p tepayotgan hamyurtimiz Asror G'ofurovning "Bashundara Kings" bilan mamlakat chempionligini qo'lga kiritgani haqida malum qilgan edik.

Asror G'ofurov to'p tepayotgan "Bashundara Kings" OCHL guruh bosqichiga yo'llanma beradigan dastlabki o'tish uchrashuvida 15 avgust kuni Dubayda "SHarja" bilan to'qnash keladi. Bu bahs g'olibi 22 avgust kuni pley-off uchrashuvida "Traktor" bilan kuch sinashadi. Futbolchi bilan suhbatlashish asnosida o'zimizni qiziqtirgan ayrim savollarga javob oldik.

- Bangladesh chempionligini qo'lga kiritganingiz bilan tabriklaymiz. CHempionlik qanday nishonlandi? Mavsum boshida qanday vazifa qo'yilgandi?

- Avvalo, etibor uchun katta rahmat. O'zbekistonda bizni unutib qo'yishdimikin, deb o'ylayotgandim. CHempionlik ko'tarinki ruhda katta tantana bilan nishonlandi. Mavsum boshida chempionlik vazifasi qo'yilgandi. Xudoga shukur, o'ylagan niyatimizga erishdik. 

- "Bashundra Kings" ketma ket uch mavsumdan beri chempionlikni qo'lga kiritib kelmoqda. Rahbariyat munosib rag'batlantiryaptimi? Liga tomonidan bonuslar beriladimi?

- Bu bilan biz chempionlik titulimizni 4 taga etkazib oldik. Rahbariyat tomonidan bu yilgi chempionlik uchun munosib rag'batlantirish bo'ladi, deya olaman. Liga tomonidan ham klubga malum bir mablag' o'tkazib beriladi. 

- OCHL guruh bosqichiga chiqish uchun 2 ta bosqichdan o'tish kerak bo'ladi. Bu o'yinlarda raqiblar favorit. Daraja jihatdan ham ustun. Xalqaro maydonda ham aniq maqsad bormi?

- Raqiblar kuchli, shunday ekan, bizga oson bo'lmasligi aniq. Lekin qaysi jamoa maydonga mag'lubiyatga uchrayman, deb tushadi? Qo'limizdan kelgancha, bor kuchimizni beramiz. Vazifa o'yindan o'yinga o'zgarib boradi. Qolganini vaqt ko'rsatadi. 

- Bangladeshda klublar professionallikka qanchalik amal qiladi?

- "Bashundra Kings" Bangladeshdagi eng professional klub. SHaroitlar xuddi "Paxtakor", "Nasaf"nikidan qolishmaydi. Hammasi professional darajada. CHempionatda kamchiliklar bo'lishi mumkin. Klubimizda esa bu borada muammoga duch kelmadim. 

- "Navbahor" va OKMK OCHL guruh bosqichiga yo'llanma olish uchun o'tish va pley-off uchrashuvlarida ishtirok etadi. Raqiblar esa arab jamoalari. Klublarimizning imkoniyatlari ular bilan keyingi bosqich uchun kurashishga etadimi? Tenglasha oladimi?

- O'ylaymanki, "Navbahor"da ham, OKMKda ham OCHLga chiqish uchun yaxshi imkoniyat bor. Ularning raqiblarini o'zbek klublaridan kuchli, deya olmayman. OCHLda qatnashadigan barcha jamoalarimizga ishonaman. 

- Bugungi kunda arab jamoalari yulduzlar bilan to'layotgan bir paytda OCHLda jamoalarimizdan katta natija kutish qanchalik mantiqqa to'g'ri keladi?

- Futbol – bu pulga tayangan sport turi. Kimda moliyaviy holat yuqori bo'lsa, shunga yarasha jamoa shakllantiradi. Saudiya Arabistoni va boshqa arab jamoalari yildan yilga kuchaymoqda. Biz bir qadam oldinga siljisak, ular ikki qadam tashlayapti. Hozirda Osiyoda futbol rivojlanmagan mamlakatning o'zi yo'q. O'zbek klublarida professionallikni rivojlantirsak, chempionatimiz ham o'sib boraveradi. 

- O'zbekiston chempionatini kuzatib borayotgan bo'lsangiz, Superligaga kelayotgan legionerlarni necha foiz o'zimiznikilardan kuchli, deyish mumkin? Nima deb o'ylaysiz, kelayotgan legionerlar O'zbekiston chempionatiga etarlicha baho bermayaptimi? 

- Klublarimiz etti marotaba o'ylab, keyingina legioner olib kelishadi. O'zlari ham mahalliy futbolchilarimizning saviyasi yomon emasligini tushunishadi. O'zbekiston chempionatiga kelayotgan 70 foiz legionerlar o'zimizning yigitlardan kuchli emas. Kuchliroq legioner esa juda qimmat yoki bizning chempionatga mos kelmaydi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика