So’nggi yangiliklar

20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  17 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  15 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  3 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  9 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0

Asror Aliqulov: "Mashal" gol o'tkazmaganiga bitta sabab bor" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Mashal" gol o'tkazmaganiga bitta sabab bor"

Kecha Pro liganing 6-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Xorazm" (4:0) uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'yindan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov o'z fikrlarini bildirdi.

"Avvalambor bugungi "Jahon matbuoti erkinligi kuni" bilan barcha OAV xodimlarini tabriklayman. Futbolda jurnalistlarning o'rni katta.

O'yinga keladigan bo'lsak "Xorazm" jamoasi natija uchun o'ynaydi va qarshi hujumda harakat qiladi. Tezkor gol urganimiz foydamizga xizmat qildi. Bugungi o'yin uchun barchani g'alaba bilan tabriklayman.

- Bu mavsumda "Mashal" hali gol o'tkazgani yo'q. Buning siri nimada?

- Buning barchasining tagida futbolchilarning mehnati yotibdi. Jamoaviy o'yin va natijaga erishish.

- Bugun g'alabaga tezkor gol sabab bo'ldi dedingiz. Siz ham futbolchi bo'lgansiz, tezkor gol qo'yib yuborilganida qanday qilib natijani o'z tomoniga o'zgartirsa bo'ladi?

- Agar siz doim himoyaviy o'yin namoyish etaversangiz hisobda ortda qolayotan paytda hujumkorlikni oshirib gol urish qiyin. SHu bois boshqa payt ham hujumkor o'yin namoyish etib turish kerak.




- Murtozaev jamoa sardori sifatida ham o'ynadi, ammo oxirgi paytlarda u zaxirada qolmoqda...

- Sababi Anvar Murodov ayni paytda mashg'ulotlarda raqobatda yutib chiqmoqda. Murtozaev ham mashg'ulotda ishlamoqda, ammo murabbiylar Murodovni tanlashdi.

- "Mashal" kubokda guruhda keyingi bosqichga chiqdi. Qaysidir intervyuingizda kubokda rahbariyat tomonidan vazifa qo'yilmagan dedingiz. Yigitlar bosimsiz o'ynagani uchun keyingi bosqichga chiqdimi?

- Yo'q, rahbariyat oldimizga vazifa qo'ymagan bo'lsa ham murabbiylar tomonidan har bir o'yinda g'alaba qozonish uchun tushamiz. Bundan tashqari har bir g'alaba uchun futbolchilarga mukofot pullari beriladi.

SHu fursatdan foydalanib O'zbekiston U-23 terma jamoasini tarixiy natija - Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritgani bilan tabriklayman!


Mash’al

Ibrohim G'anixonov - 7', Anvar Murodov - 9', Rustam Abduxamidov - 70', Humoyun Murtozaev - 90'

Pro liga. 6-tur

03/05/2024, 19:00

0
:
4
Tugadi

Xorazm

45'
90'
7'  Ibrohim G'anixonov
9'  Anvar Murodov
70'  Rustam Abduxamidov
90'  Humoyun Murtozaev

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика