"Klub hech kimga kerak emasligini ko'rish men uchun og'riqli" - "Neftchi" bosh murabbiyi
22 may 2024 19:33
Yangiliklar
"Klub hech kimga kerak emasligini ko'rish men uchun og'riqli" - "Neftchi" bosh murabbiyi
Muxlis va murabbiy o'rtasidagi suhbat quyidagicha ko'rinish olgan:
Muxlis: "Hurmatli murabbiy, jamoamiz pastlab borayotganini ko'rish achinarli. Yuragimiz tilkapora bo'ldi. Siz yomon ishlayapsiz, masuliyat yo'q".
Levchenko: "Klub hech kimga kerak emasligini ko'rish men uchun og'riqli".
Aytish mumkinki, avvalroq jamoada moliyaviy muammolar borligi, ko'plab futbolchilarga maoshlari berilmagani haqida xabarlar tarqalgandi. Ehtimol, Vitaliy Levchenko shu kabi muammolar ortidan ijtimoiy tarmoq orqali dardini to'kib solgandir.

Eslatib o'tamiz, "Neftchi" 8 turdan keyin 11 ochko bilan 6-o'rinda bormoqda. Jamoa oxirgi turda Namanganda "Navbahor"ga mag'lub bo'lgan edi (0:1). Levchenko shogirdlari 9-turda o'z uyida Mirjalol Qosimov qo'l ostidagi OKMKni mehmon qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar