Kloze “Bavariya”ning taklifiga ijobiy javob berdi
15 apr 2020 21:20
Yangiliklar
Kloze “Bavariya”ning taklifiga ijobiy javob berdi
Germaniya terma jamoasi sobiq forvardi Miroslav Kloze “Bavariya” ustozi Xans-Diter Flikning yordamchisi bo'lishga rozilik bildirdi.
U 2017 yildan beri myunxenliklarning yoshlar (U-17) jamoasida faoliyat olib borayotgan edi. Qayd etilishicha, Kloze 2020 yilning yozidan asosiy jamoaning murabbiylar shtabida ish boshlaydi. “Qizillar” yaqin orada bu yangilikni rasman elon qilishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Kloze 2007-2011 yillar “Bavariya”da o'ynagan bo'lib, futbolchilik faoliyatini 2016 yil “Lacio” tarkibida tugatgandi.
Fikrlar