Kloppning o'rnini “Liverpul”ning sobiq futbolchisi egallashi mumkin
28 fev 2021 09:28
Yangiliklar


Kloppning o'rnini “Liverpul”ning sobiq futbolchisi egallashi mumkin
“Livrepul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoani tark etadigan bo'lsa, uning o'rnini Stiven Jerard egallashi mumkin.
Ilgariroq OAVlarda 2022 yilda aynan Klopp Yoaxim Lyov o'rniga Germaniya termasi ruliga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgandi. SHu bois “Liverpul” rahbariyati nemis mutaxassisi o'z yurtiga qaytib ketadigan bo'lsa, uning o'rnini egallashi mumkin bo'lgan murabbiy haqida bir to'xtamga kelishmoqchi. Qizillar rahbariyatini Stivenning “Reyndjers” bilan qo'lga kiritayotgan yutuqlari hayratlantirmoqda.
Jerard 1998-2015 yillarda “Liverpul” sharafini himoya qilgan va keyinchalik “Los Andjeles Gelaksi”ga ko'chib o'tgandi. 2016 yilning noyabrida Stiv Ji futbolchilik faoliyatini yakunlab, murabbiylikka qadam qo'ygandi. 2018 yilning yozidan buyon u “Reynjers”ni boshqarib kelmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar