Klopp yozda Germaniya TJni boshqarishi haqidagi gap-so'zlarga javob qaytardi
09 mar 2021 19:55
Yangiliklar
Klopp yozda Germaniya TJni boshqarishi haqidagi gap-so'zlarga javob qaytardi
Bugun Yoaxim Lyov Evro-2020 bahslaridan keyin Germaniya termasini tark etishini elon qildi.
Uning o'rnini esa “Liverpul” ustozi Yurgen Klopp egallashi mumkinligi taxmin qilindi.
“Yozda Germaniya terma jamoasini boshqarmayman. Ularga yaqin orada bo'shamasligimni tushuntirdim. “Liverpul” bilan 3 yillik shartnomam qoldi, bitimni shunchaki emas, bu erda ishlashni xohlaganim uchun imzolaganman.
“Maync” va “Borussiya D”da ishladim, garchi boshqa klublar menga qiziqish bildirgan va ko'proq pul taklif qilgan bo'lsa ham, shartnoma men uchun muhim ahamiyatga ega. Albatta, Lyovning ketishi haqidagi xabar meni hayratda qoldirdi, umid qilamanki, uning o'rniga munosib nomzod topishadi”, deydi Klopp.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar