Klopp: "SHaxin jarohat tufayli "Kyoln"ga qarshi uchrashuvda ishtirok eta olmaydi"
13 mar 2015 10:23
Yangiliklar


Klopp: "SHaxin jarohat tufayli "Kyoln"ga qarshi uchrashuvda ishtirok eta olmaydi"
Dortmundning "Borussiya" yarim himoyachisi Nuri SHaxin "Kyoln"ga qarshi Germaniya chempionatining 25-turida o'z jamoasiga yordam bera olmaydi.
Bu haqda dortmundliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp malum qildi.
"SHaxin Bundesliganing keyingi uchrashuvida ishtirok eta olmaydi. Afsuski u jarohatidan to'liq qutila olmadi" - deydi Klopp.
SHaxin bu mavsumda Bundesliganing 7ta uchrashuvida maydonga tushdi va bitta gol urgan.

Fikrlar