Klopp Salohning ketishi haqida: "Bu oddiy holat"
29 dek 2023 19:13
Yangiliklar
Klopp Salohning ketishi haqida: "Bu oddiy holat"
Misrlik futbolchi uchun 1 yanvar kuni "Nyukasl"ga qarshi bo'ladigan o'yin Afrika Kubogiga jo'nab ketish oldidan so'nggisi bo'ladi. SHuningdek, Vataru Endo ham Yaponiya termasi sharafini himoya qilish uchun Osiyo Kubogiga yo'l oladi.
"To'purarning yo'qligi - oddiy holat. Qachonlardir Muhammad va Sadio birgalikda termalariga ketishgandi, biroq biz nimalardir qilib, vaziyatdan chiqib ketgandik. Odatda ularning biri turnirning so'nggi bosqichlariga qadar borishadi, bu esa holatimizni yanada yomonlashtirardi. Demak, bu safar ham vaziyatdan chiqib keta olish kerak. Afrika Kubogining muddati yaqinlashayotganini va Muhammad u erga ketishini bilardik. Endi Vataru ham Osiyo Kubogi ishtirokchisi bo'lib turibdi.
Bu holatdan chiqib keta olamiz", - dedi Klopp.
Ushbu mavsumda Salh "Liverpul" tarkibida 26 o'yinda qatnashib, 16 gol urdi. Endo esa 23 uchrashuvda qatnashib, 2 marta raqiblari postiga yo'l topdi.
Fikrlar