Klopp Salahning "Manchester Siti" bilan o'yinga tayyor bo'lishiga ishonchi komil emas
09 apr 2018 19:59
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/419344_original.jpg)
![](/upload/storage/419344_220.jpg)
Klopp Salahning "Manchester Siti" bilan o'yinga tayyor bo'lishiga ishonchi komil emas
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp ECHL 1/4 final javob o'yini doirasida "Manchester Siti"ga qarshi bahsga tayyorgarligiga hozircha to'liq ishonmayotganini malum qildi.
"Ayni payt menda jarohatlargan futbolchilarga taalluqli yangi malumotlar yo'q, kutishimiz kerak. Bunday zich taqvimda har daqiqaning qadri baland. Ko'ramiz, 5 soatdan keyin nima bo'larkin, kim mashg'ulotlarda ishtirok eta oladi.
Juda ham umid qilamanki, Salah, Robertson va Alberto (Moreno) safga qaytishga ulgurishadi. Lekin, ularga hali vaqt kerak. Kecha Ben Vudbern katta tanaffusdan keyin qaytdi, bu biz uchun yaxshi xabar", - deya Kloppning so'zlarini keltirdi klub rasmiy sayti.
CHempionlar ligasi doirasida "Manchester Siti" va "Liverpul" o'rtasidagi javob o'yini seshanba kuni bo'lib o'tadi. "Enfild"da o'tgan birinchi bellashuv "Liverpul"ning yirik g'alaba (3:0)si bilan tugagan edi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar