Klopp: “Safarda “Tottenxem” bilan durang o'ynash, bu normal holat”
20 dek 2021 09:20
Yangiliklar
Klopp: “Safarda “Tottenxem” bilan durang o'ynash, bu normal holat”
APL 18-turidan o'rin olgan “Tottenxem” – “Liverpul” (2:2) bahsidan keyin mehmonlar ustozi Yurgen Klopp o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
“Biz o'yinda qatnasha olmaydigan futbolchilar va mashg'ulotlarning kamligini hisobga olib, tarkibi haqida hech qanday tasavvurga ega bo'lmagan jamoaga qarshi o'ynadik. Biroq, Xeybergning yo'qligidan tashqari, jamoa maydonga odatdagidek tushdi.
Etarlicha vaziyatlar yaratdik, ammo ular 5-3-2 sxemasida o'ynashdi va ularning rejasi o'sha ikki yigit qanotda qochib, bizga muammo tug'diradi degan umidda to'pni oldinga uzatish orqali himoyachilarimizni chalg'itish edi.
Ikkinchi bo'limda esa o'yin shiddatini raqibdan ko'ro ko'proq o'zimizda his qildik. Safarda “Tottenxem” bilan durang o'ynash, bu normal holat. Ishlashda davom etamiz”, deydi nemis mutaxassisi.
Fikrlar