So’nggi yangiliklar

21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  2 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  0 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  3 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  5 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  4 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  5 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  12 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  21 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  46 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  4 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  8

Klopp: “Omad kelmadi” Yangiliklar

Klopp: “Omad kelmadi”

APL 3-turida “Manchester Yunayted”ga uchralgan mag'lubiyatdan keyin “Liverpul” ustozi Yurgen Klopp o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Ular o'yin startini juda agressiv boshlashdi va keyin nima bo'lishi aniq edi. Bahs boshida tajovuzkor harakat qilib, darvoza ustunini poylashdi.

O'tkazib yuborilgan goldan keyin esa ustunlikni o'z tomonimizga og'dirdik va xohlaganimizcha o'ynadik. Bazi vaziyatlarda omadimiz kelmadi, tanaffusgacha hisobni tenglashtirsak zo'r bo'lardi.

O'tkazib yuborilgan ikkinchi gol ham bizga yordam bermadi, golimizdan keyin esa o'yin qizg'in kechdi. Albatta, bu biz kutgan natija emas.

Xotirjam harakat qilib, “Manchester Yunayted”ga qarshi safardagi o'yinda aql bovar qilmas darajada ko'p zarba berdik. Biroq, bunday vaziyatlardan foydalanish kerak. 2-taymda De Xea fantastik seyv ko'rsatdi.

Idealimizdagi o'yinni namoyish etolmadik, 100 foizga tayyor emasdik. Ikkinchi jamoa rolida bo'lishimiz kerak edi va bu biz istagan holat emas. Raqibning qarshi hujumga o'tishga qodirligini hisobga olsak, bu qiyinroq kechdi.

Ikkinchi golni qabul qilish qiyin. Bizda bu hafta ixtiyorimizda 14-15 o'yinchi bor edi va endi ular jarohat olmaganiga ishonch hosil qilishimiz lozim.

G'alaba qozonishimiz kerak edi. Bilaman, ahmoqona eshitilmoqda, ammo menga shunday tuyuldi.

Hozirgi vaziyatimizdan xavotirdaman, ammo buni shunday qabul qilish kerak”, deydi Klopp.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика