Klopp: "Nihoyat, "Liverpul" gol o'tkazib yubormadi"

Mirjalol Normatov
8 dek 2019, 11:58
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLning 16-turi doirasida "Bornmut" ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Jamoa professionallik namoyish qildi va uchta ajoyib gollarni kiritdi. Raqibni nazorat qilishga intildik. Asosiysi gol o'tkazib yubormadik. Mavsum davomida mashinani quvvatlantirib olish kerak bo'lgan ko'plab vaziyatlar bo'ladi. Shu orqali jamoa yangi kuch bilan jangga chiqadi. Bu esa barcha murabbiyga juda ham muhim. Endi "Zalcburg"ga qarshi o'yinga tayyorlanamiz. Ixtiyorimizda atigi 3 kun bor", - dedi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal