Klopp Matteusga javob berdi va "Borussiya"ga Zammer kerak emasligini takidladi
16 dek 2014 12:17
Yangiliklar


Klopp Matteusga javob berdi va "Borussiya"ga Zammer kerak emasligini takidladi
Dortmundning "Borussiya" jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Bavariya" sobiq futbolchisi Lotar Matteusning so'zlariga javob berdi.
Matteusning fikricha, dortmundliklarga "Bavariya" sport direktori Mattias Zammer kabi mutaxassis etishmaydi.
"Endi xar kim "Borussiya"ga maslahat berishiga ko'nikishimiz kerak. Ammo jamoamiz Zammerga o'xshash mutaxassisga muhtoj emas. Demak, bizga jamoani ruhlantiradigan inson kerak. Lekin "Borussiya"da bu borada kamchilik yo'q" - deydi Klopp.
Eslatib o'tamiz, Germaniya chempionati 15-turidan so'ng "Borussiya" 14 ochko bilan turnir jadvalida 16-o'rinni egallab turibdi.

Fikrlar