Klopp: "Manchester derbisiga tasir o'tkaza olmaymiz, MYU ham shunday bo'lsa kerak"
22 apr 2019 16:10
Yangiliklar


Klopp: "Manchester derbisiga tasir o'tkaza olmaymiz, MYU ham shunday bo'lsa kerak"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Manchester Yunayted" hamda "Manchester Siti" o'rtasida o'tkaziladigan Angliya Premer-ligasi 31-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
"Manchester derbisi - biz tasir o'tkaza oladigan voqea emas. "Yunayted" ham shunday bo'lsa kerak. Ular "Everton"ga qanday hisobda mag'lub bo'lishdi? 0:3? 0:4? Debri - "Siti" o'tkazadigan oddiy o'yin. Biz "Yunayted" bilan o'ynaganimizda ular yaxshiroq formada edi, shu sababli uchrashuvda hisob ochilmagan.
Agar "Yunayted" "Siti" bilan o'yinda ochko olsa va biz "Xaddersfild"ni mag'lub etsak, "Barselona"dan so'ng Nyukaslga yo'l olamiz. Etiborsizlik qilmasligimiz kerak, bu hozirgacha yaxshi foyda berdi" - deydi Klopp.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar