Klopp mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?
04 fev 2021 09:11
Yangiliklar


Klopp mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Brayton"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Biz hafamiz, tabassum qilishga sabab yo'q. Buni qabul qilish og'ir. Hafta qiyin o'tdi. Ketma-ket ikkita qiyin safar o'yini va biz bugun biroz charchagan holda edik.
To'pni raqibga shunchaki sovg'a qilib yuborilgan vaziyatlar ko'p bo'ldi. "Brayton"ga qiyinchilik tug'dirdik, ammo ular yaxshi harakat qilishdi.
"Brayton" haqli ravishda g'alaba qozondi, bunga shubha yo'q. Men uchun hozir nima bo'lganini tushunib olish muhim. Biz o'zimizda emasdik.
O'yinga jismoniy tomonlama to'liq tayyor emasdik. Buni hal qilish lozim. Har bir futbolchimiz bugungidan yaxshiroq o'ynay oladi. Men ularni yaxshi bilaman. Ular o'ynashni istashmadimi? Gap bunda emas. Boshqa sabab bo'lishi kerak", - dedi Klopp.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar