Klopp “CHelsi”ga qarshi o'yinda Salohni nega zaxiraga olganini tushuntirdi
05 mar 2021 23:50
Yangiliklar


Klopp “CHelsi”ga qarshi o'yinda Salohni nega zaxiraga olganini tushuntirdi
APL 29-turidan o'rin olgan “Liverpul” – “CHelsi” uchrashuvida (0:1) mersisaydliklar forvardi Muhammad Saloh 62-daqiqada zaxiraga olingandi.
“Nahotki, ushbu holat jiddiy muhokamalarga sabab bo'ldi? Bunga ishonmayman. Hujumchi sifatida Saloh almashtirilganidan xursand bo'lmadi, u maydonda qolishni istadi. Bu normal holat, muammo yo'q.
O'ylashimcha, Mo (Saloh) to'purarlar poygasidagi etakchilik qilishdan zavqlanmoqda. U ajoyib o'ynadi. Boshqa futbolchilarni almashtira olardim, ammo reja ko'proq kimni maydonga tushurish kerakligida edi. Balki, Salohsiz o'tgan 30 daqiqa unga yakshanba kuni “Fulxem” bilan o'ynashga imkon berar. Qarorni ish jarayoni davomida qabul qilamiz. Keyin esa bu haqda tushuncha berishimiz lozim va siz ular to'g'risida yozasiz. Jamoada esa bu kabi munozaralar yo'q, qarorni men qabul qilaman, yigitlar esa buni to'g'ri qabul qilishadi”, deydi Klopp.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar