Klopp bu muammoni qanday bartaraf etarkin?
12 fev 2019 22:37
Yangiliklar


Klopp bu muammoni qanday bartaraf etarkin?
ECHLning 1/8 finali doirasida "Bavariya"ga qarshi o'yindan oldin "Liverpul"da faqatgina bir himoyachi qolmoqda.
"The Telegraph" xabariga ko'ra, ayni damda Jo Gomes va Deyan Lovren lazaretda bo'lib turibdi. Virjil Van Deyk esa bir o'yinlik diskvalifikaciyani o'tashi kerak. Hozirda Yurgen Klopp qo'l ostida faqatgina bir markaziy himoyachi - Joel Matip qolgan.
"Lovrenni maydonga tushirish uchun qattiq harakat qilamiz", - dedi Klopp bu boradagi savolga.
"Liverpul" - "Bavariya" uchrashuvi 19 fevral kuni o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar