Klopp Alkantaraning tiklanish jarayoni haqida gapirdi
07 okt 2023 14:04
Yangiliklar
Klopp Alkantaraning tiklanish jarayoni haqida gapirdi
Ispaniyalik futbolchi anchadan beri maydonga tushmayapti.
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp uzoq vaqtdan buyon jarohatini davolayotgan yarim himoyachi Tyago Alkantara haqida to'xtalib o'tdi. Ispaniyalik futbolchi oyog'idan olgan jarohati tufayli 6 oydan beri maydonga tushmayapti.
"Bu qiyin jarayon, ayniqsa, Tyagoning o'zi uchun. U 2 marta jarohatini qaytalab oldi, unchalik jiddiy emas, lekin uni qayta o'ynashiga to'sqinlik qilishi uchun etarli", – dedi mutaxassis.
32 yoshli xavbek oxirgi marta aprel oyida maydonga tushgan edi.
Fikrlar