Klaudio Raneri: "Maxrez bilan faxrlanaman"

Narzulla Saydullayev
27 apr 2016, 08:40
"Lester" bosh murabbiyi Klaudio Raneri klub yarim himoyachisi Riyad Maxrezni maqtadi.

Maxrez afrikalik futbolchilar orasida ilk bor premer-ligada yil o'yinchisi bo'ldi.

- Men Maxrez bilan faxrlanaman. Bilasizmi, nima uchun u eng yaxshi bo'ldi? Sababi u yonimga kelib shunday deydi: "Yanada rivojlanishim uchun nima qilishim kerak?" Riyad  - fantastik futbolchi. Biroq jamoamizning qolgan futbolchilari ham professionallar, - deydi Raneri Yahoo Sports nashriga.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Yahoo Sports