Klaudio Raneri: "Arsenal" "Uotford"ga hurmatsizlik qildi"
08 noy 2021 16:00
Yangiliklar
"Uotford" bosh murabbiyi Kaludio Raneri APLning 11-turida "Arsenal"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (0:1) raqib jamoani sportga hos bo'lmagan o'yinda aybladi.
"Biz to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordik, hamma "Arsenal" to'pni qaytarishini kutgandi. Sissoko va Rouz ularga: "Bizga to'pni qaytarib beringlar, jarohat olgan futbolchi tufayli to'pni maydondan chiqarib yuborgandik",- deyishdi. Bunday so'zlardan keyin "Arsenal"ning to'pni qaytarmagani juda g'alati bo'ldi. Arteta bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. Men unga bu hurmatsizlikdan boshqa narsa emasligini takidladim",- deydi Raneri Goal nashriga.
Fikrlar